TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Bugun Vestminster xalqaro universitetida “Oʻzbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Energetika vazirligi va “Oʻzatom” agentligi vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
Xususan, “Oʻzatom” bugungi kunda atom energetikasi atrofida tarqalgan vahimali mish-mishlarni rad etdi. Ana shunday yolgʻon afsonlardan biri – radiatsiya taʼsiri natijasida naslda genetik oʻzgarishlar hosil boʻlishi haqidagi vahimalardir.
Masalan, Chernobil oʻrmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yashashi toʻgʻrisida afsonalar mavjud. Yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlari bombardimon qilingandan soʻng genetik oʻzgarishlar bilan bolalar toʻgʻilayotgani haqida afsona mavjud.
“Oʻzatom” taqdim etgan fotosuratlarda Chernobilda ham Yaponiyada ham insonlar yoki hayvonot olamida hech qanday genetik oʻzgarishla qayd etilmgani aks etgan.
“Rasmlardan koʻrinib turibdiki u yerda hech qanday ikki kallali hayvonlar yashamaydilar. Shuningdek, Keyingi rasmda Yaponiyadagi bombardimonlardan soʻng yuqori dozadagi nurlanishni olgan ota-onalardan toʻgʻilgan farzandlarni koʻrish mumkin va hech qanday genetik oʻzgarishlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilish mumkin”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari anjumanda mutaxassislar atom eletkr stantsiyasining afzalliklari va zamonaviy yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berishdi.