TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Ayni damda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bosh vazir nomzodi Abdulla Aripov 2020 yil davomida Oʻzbekistonda yangi aviakompaniya tashkil qilinishi rejalashtirilayotganini xabar qildi.
"Oʻzbekistonda Humo Air aviakompaniyasi tashkil etiladi. Prezident Hukumatga bu haqida jiddiy topshiriq berdilar. Biz ushbu vazifani 2020 yil ichida bajaramiz", - dedi bosh vazir nomzodi.
Xabarda aytilishiga koʻra, yangi avia kompaniya davlatga tegishli boʻlib u dastlab Oʻzbekiston ichida keyin xorijiy mamlakatlarga parvozlarni amalga oshiradi. Humi Air aviakompaniyasi narxlari bugungi mavjud narxlardan pastroq boʻlishi rejalashtirilgan.