"Julian Assanjning onasi bizning video agentligimiz yigitlariga minnatdorchilik izhor etadi", - deb yozdi u. Simonyan izoh skrinshotini Telegram kanalida ilova qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Kristin Assanj tvitida: "Barnabiga (Buyuk Britaniyadagi Ruptly produseri) va Ruptlyga doim biz birga bo‘lganliklari uchun, o‘g‘lim haqida xolis ma’lumot berishgani uchun rahmat".
Julian Assanj AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy operatsiyalari paytida noqonuniy harakatlarini fosh qilgani uchun xalqaro miqyosda tanilgan. Jurnalist harbiy harakatlar paytida tinch aholining o‘ldirilishi, shuningdek, Amerikaning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida saqlash shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2010 yilda uni Shvetsiyada zo‘rlash va ta’qib qilishda ayblashdi. Assanj hamma ayblovlarni rad etdi: uning so‘zlariga ko‘ra, unga qarshi shikoyat qilgan ayollar qasos olish va politsiya ta’siri ostida harakat qilishgan. Bir ozdan so‘ng ish yopildi, keyin esa qayta ochildi va o‘tgan yilning noyabr oyida yana yopildi.
2010 yil iyun oyidan beri WikiLeaks asoschisi ekstraditsiya qilinishidan qo‘rqib, Londondagi Ekvador elchixonasida yashiringan. O‘tgan yilning 11-aprel kuni ertalab u AQSh talabiga binoan hibsga olingan. London sudi uni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.
Shundan so‘ng AQSh hukumati Assanjga josuslik va mahfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda yangi ayblovlarni qo‘ydi. Hozirda London sudida ekstraditsiya masalasida majlislar bo‘lib o‘tmoqda. AQShda Assanj 175-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.