Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

Obuna bo‘lish
Jahon banki o‘tgan yili qiymati 1 milliard dollargacha bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni ma’qullagan edi.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Jahon bankining vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Bugungi kunda Jahon bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va davom etayotgan loyihalari portfeli 5,5 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘tgan yili bank qiymati 1 milliard dollargacha bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni ma’qulladi. Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kim oshdi savdosi, shuningdek Vashingtonda "Mamlakat platformasi" taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi, - deyilgan xabarda.

Davlat rahbari ushbu yutuqlarning barchasi yaqin hamkorlik, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot natijasidir, deb ta’kidladi.

O‘z navbatida, Siril Muller Jahon banki guruhi prezidenti Devid Melpassning samimiy tabriklarini yetkazdi va bankning O‘zbekistondagi islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Asosiy yo‘nalishlarda, jumladan qishloq xo‘jaligida, energetikada, neft-gaz sanoatida, transport sektorida va boshqa sohalarda islohotlarni amalga oshirishda, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurashda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yordamni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston va Jahon bankining yangi uzoq muddatli hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0