2020 yilning dastlabki 10 kunida mamlakatda 107 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan, ularning 103 tasi haydovchilar va 4 tasi piyodalar tomonidan sodir etilgan. Ushbu baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar soni 100 kishini, halok bo‘lganlar soni esa 35 kishini tashkil etdi.
Eng ko‘p YTHlar Toshkent viloyatida - 20 ta, Jizzax, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida - 11 tadan, Toshkentda - 10 ta ro‘yxatga olindi. Surxondaryoda - 9 ta, Andijon viloyatida - 7 ta, Buxoroda, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda - 6 tadan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida - 3 tadan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida - 2 tadan YTH sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, eng mudhish YTHlardan biri 9-yanvar kuni kechasi 23.20da Toshkentdagi Bunyodkor ko‘chasida yuz bergandi. Avariya oqibatida Chevrolet Lacetti ning ikki nafar yo‘lovchisi halok bo‘lishdi. Ular yonayotgan mashina ichidan chiqa olishmadi va tiriklay yonib ketishdi. Yana ikki nafar yo‘lovchi, shu jumladan, haydovchi kasalxonaga yotqizildi.