O‘zbekistonda so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiyasi joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri Rossii
Denejnie kupuri Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya valyutasi - rublni O‘zbekiston milliy valyutasiga konvertatsiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali, bu O‘zbekiston-Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam beradi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktori Bekzod Hamroyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyuda ishbilarmonlar va sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida valyuta va bank tizimini liberallashtirish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.

"Birinchi chorakning oxirigacha so‘m/rubl to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiyasini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda", - deb ta’kidladi Xamroyev.

Departament rahbari rublni so‘mga konvertatsiyasi biznes hamjamiyati uchun foydali ekanligini, bu  O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam berishini ta’kidladi. Dollar va yevroda hisob-kitoblardan qochish moliyaviy operatsiyalarni soddalashtiradi va tezlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0