O‘zbekiston prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal ispolnyayushego obazannosti ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Sergeya Lavrova
Shavkat Mirziyoyev prinyal ispolnyayushego obazannosti ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii Sergeya Lavrova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Mirziyoyev strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov va Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifini muhokama qilishdi

Qayd etilishicha, oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, o‘zaro almashinuvlar misli ko‘rilmagan darajada faollashgani, ko‘p qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi.

Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlar o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0