O‘zbek sporti tarixida ilk bor: Toshkentda 2021-yil dzudo bo‘yicha JCh o‘tkaziladi

© NOKV 2021 godu v Tashkente proydet chempionat mira po dzudo
V 2021 godu v Tashkente proydet chempionat mira po dzudo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli shartnoma Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizerning O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2021-yilgi kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan dzudo bo‘yicha Jahon chempionati mezmonlik qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tegishli shartnoma Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizerning O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolandi.

Prezident IJF Marius Vizer, peredsedatel Federatsii dzudo Uzbekistana Azizjon Komilov, ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov i ministr fizicheskoy kulturi i sporta Dilmurod Nabiyev podpisali protokol sotrudnichestva i soglashenie v ramkax programmi Dzudo v shkolax. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana 20 ta maktabda dzudo seksiyalari paydo bo‘ladi

“Shu tariqa Toshkent o‘zbek sporti tarixida ilk bor dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Marius Vizer xalqaro tashkilot musobaqa arafasida o‘zining navbatdagi Kongressini Toshkentda o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning yana yigirmata umumta’lim maktabida “Maktablarda dzudo” dasturi amalga oshirilishi va dastur bo‘yicha joriy etilgan maktablar soni 40 taga yetishi xabar qilingan edi. Bitim Xalq ta’limi vazirligi, Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF), O‘zbekiston dzudo federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0