Tolibon AQShga vaqtinchalik sulx tuzishni taklif qildi

© AP Photo / Raumat GulBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zalmay Xalilzad va toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi sakkiz raundda o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng tinchlik to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini tasdiqlashgan edi.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati vakillari AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga Afg‘onistonda vaqtinchalik - yetti kundan o‘n kungacha bo‘lgan muddatga - o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish bo‘yicha takliflar aks etgan hujjatlarni taqdim etdilar, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press Tolibon vakillariga tayangan holda.

Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon AQSh bilan qator masalalarda kelishuvga erishganini ma’lum qildi

Hujjat AQSh maxsus vakiliga chorshanba kuni Qatarda topshirilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish Afg‘onistonda tinchlik bitimini tuzishga bo‘lgan qadam sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Ammo faqatgina Tolibonning taklifi AQSh bilan tinchlik muzokaralari yangilanishi uchun yetarli bo‘ladimi, bunisi noma’lum.

Sal oldin AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zalmay Xalilzad va toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi sakkiz raundda o‘tkazilgan muzokaralar bo‘yicha tinchlik to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini tasdiqlagan edilar.

Bu bitim o‘t ochishni to‘xtatish, Afg‘onistondan chet el qo‘shinlarini chiqarish va afg‘onlararo umum tinchlik muzokaralari boshlanishini ko‘zda tutgan. Kutilishicha, hukumat va toliblar o‘rtasidagi muzokaralar Osloda o‘tishi kerak. Ammo toliblar tomonidan Qobulda va boshqa shaharlarda amerikalik harbiylar halokatiga ham sabab bo‘lgan qator teraktlar amalga oshirilgach, prezident Donald Tramp "Tolibon" bilan muzokaralarni to‘xtatishga va imzolangan bitimlarni rad etishga buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0