TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Rossiya o‘zbek iqtisodiyotiga 9 milliarddan ziyod sarmoya kiritdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali talabalari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Sputnik O‘zbekiston xabariga asosan.
“Rossiya Federatsiyadan O‘zbekistonga kelib tushgan sarmoyalar hajmi 9 milliard dollardan oshdi”, - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda respublika hududida Rossiya kapitali ishtirokidagi 1,7 mingdan ziyod korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov 15-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan. U avvalroq o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, Lavrov O‘zbekiston przidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi.