Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari YTHda vafot etdi

Obuna bo‘lish
Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Manzuraxon Azizova yo‘l-transporti hodisasi natijasida vafot etdi.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Manzuraxon Azizova yo‘l-transporti hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati ma’lum qildi.

DTP - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi: jarohatlanganlar bor

Qayd etilishicha, halokat 2020-yilning 14-yanvar kuni yuz bergan.

Manzuraxon Azizova 40-yillardan buyon Namangan viloyatida turli katta-kichik lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

2008 yilda Uchqo‘rg‘on tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2009-2015 yillarda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlab, viloyat ayollari hayotining yaxshilanishiga, tizimning rivojlanishiga o‘zining munosi hissasini qo‘shib kelgan.

Shuningdek, 2017-yildan buyon Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan bo‘lgan.

“Manzuraxon Azizova mohir shifokor, tajribali rahbar sifatida yuzlab shogirdlarni tarbiyaladi. Ishlaganda ham bor salohiyatini safarbar etib, o‘ta fidoiylik bilan ishlay oldi. Odamlarga ochiq yuz va xushmuomalada bo‘ldi”-deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0