TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini joriy etdi va bu lavozimga Dmitriy Medvedevni tayinlandi. Tegishli farmon Kreml saytida e’lon qilingan.
Farmon imzolangan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentining Federal Kengashiga yo‘llagan murojaatnomasidan so‘ng o‘tkazilgan uchrashuvda hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqayotganini ma’lum qildi. Federal soliq boshqarmasining sobiq rahbari Mixail Mishustin Rossiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi.