TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Qurolli Kuchlar akademiyasida bir guruh harbiy qizlarning uyda qanday kelin bo‘lganliklari sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qurolli Kuchlar akademiyasida “Mening qaynonam general” realiti-shousi o‘tkazilgan. Unda Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat olib boruvchi harbiy qizlar va ularning qaynonalari ishtirok etishgan.
O‘n kun davomida tasvirga olingan ko‘rsatuvda harbiy qizlar uyda qanday kelin ekanliklarini namoyish qilishgan.
Birinchi o‘rin “general qaynona” Qumri Abdurahmonova va uning leytenant kelini Dilshoda Rahimjonovaga nasib etgan.
G‘olib va ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanganlar.