U 1966-yil 3-martda Moskvada tug‘ilgan. 1989-yilda Moskva Davlat Texnologik universitetini (STANKIN) “injener-sistemotexnik” yo‘nalishi bo‘yicha yakunlagan. Aspiranturani ham shu universitetda yakunlagan. 2003-yilda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasini tugatgan va “Rossiyada davlat soliq ma’muriyati” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.
2010 yilda Rossiya Xalq xo‘jaligi akademiyasida Iqtisodiyot fanlari doktori unvonini olgan.
1998 yildan boshlab Davlat Soliq inspeksiyasining rahbari Boris Fodorovning yordamchisi bo‘lgan. Soliq to‘lovlarini nazorat qiluvchi axborot tizimlari uchun javob bergan. Shu yilning avgustida Soliq inspeksiyasining rahbari o‘rinbosari bo‘lgan.
1999 – 2004-yillarda Soliq qo‘mitasi nomi o‘zgarishi munosabati bilan Soliq vazirlari Georgiy Boss, Aleksandr Pochinok va Gennadiy Bukayevlarning o‘rinbosari bo‘lgan.
2004 – 2006-yillarda Rosnedvijimost (Federal kadastr agentligi) rahbari lavozimida ishlagan.
2006 – 2008-yillarda Maxsus iqtisodiy hududlarni boshqaruvchi agentlik “RosOEZ”ga rahbarlik qilgan.
2008 – 2010-yillarda UFG Capital Partners nomli xususiy investitsion kompaniya prezidenti bo‘lgan. Ushbu lavozimda Mishustin turli venchur va ko‘chmas mulk fondlarini ishga tushurish, hududlarda biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullangan.
2010 yilning aprel oyidan boshlab yana davlat xizmatiga qaytgan. Mishustin Federal Soliq xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan.
Mishustin xokkeyga juda qiziqadi. U SSKA xokkey klubi kuzatuvchi a’zosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi a’zosi, Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi ilmiy kengashi a’zosi hisoblanadi.