Boyovut tumani hokimiga polkovnik unvoni berildi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimlik faoliyatidan tashqari Mamadaminov shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligining amaldagi podpolkovnigi hisoblangan.

TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. Boyovut tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov polkovnik unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Axborot xizmatiga ko‘ra, Boyovut tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov 2018-yil 14-avgust kuni rasman tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan. Unga qadar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Hokimlik faoliyatidan tashqari Mamadaminov shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligining amaldagi podpolkovnigi hisoblangan.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra tuman hokimiga polkovnik unvoni berilgan.

Yangiliklar lentasi
0