O‘zbekiston – Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasida muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana provela match protiv komandi Kitaya v ramkax vtorogo tura chempionata Azii U-23 po futbolu
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana provela match protiv komandi Kitaya v ramkax vtorogo tura chempionata Azii U-23 po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tailanddagi futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqishadi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Bugun, 15-yanvar kuni Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi

O‘zbekistonlik futbolchilar uchinchi turda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yinni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Uzbekistan - Kitay: luchshie momenti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston - Xitoy" o‘yinining eng yorqin lahzalari

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da boshlanadi. O‘zbekiston jamoasi oq rangli kiyimda harakat qilishadi.

Qayd etish joizki, ayni paytda Janubiy Koreya termasi 6 ochko bilan “S” guruhida yetakchilik qilmoqda va ular chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib bo‘lishgan. O‘zbekiston jamoasi esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etgan edi. Ikkinchi o‘yinni Xitoyga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0