Ukraina samolyotini urib tushirilishida bir odamni ayblab bo‘lmaydi - Ruhoniy

© Obshestvo Krasnogo Polumesatsa Islamskoy Respubliki IranUkrainskiy passajirskiy samolet poterpel krushenie v Irane
Ukrainskiy passajirskiy samolet poterpel krushenie v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina samolyoti urib tushirilishida faqat bir odamni ayblab bo‘lmaydi - Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Ukraina samolyoti urib tushirilishida faqat bir odamni ayblash mumkin emasligini aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Kadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Eronda aviahalokat ishi bo‘yicha bir nechta kishi hibsga olindi

"Havo mudofaasi bilan ma’lum bir tanish bo‘lganim tufayli, bunda bir odamni ayblash mumkin emasligini aytaman. Nafaqat tugmani bosgan, balki boshqalar ham bor, men odamlarga bu masalani haqqoniy tushuntirishlarini istayman", - deda Eron prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, hukumat kelgusida qaytarilmaslikni kafolashlash uchun aviahalokatning barcha tomonlarni tekshirish, aydorlarni jazolash uchun barcha sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Bundan avval Tehron sud organ vakili ushbu aviaholakat ishi bo‘yicha bir necha kishi hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyevga parvozni amalga oshirayotgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737-800 layneri chorshanba kuni tong sahar Tehron aeroportidan uchib chiqqach, tez orada halokatga uchragan. Bortdagi 176 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘onistondan 167 yo‘lovchi va to‘qqiz ekipaj a’zosi.

Shanba kuni Eron harbiylari "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yo‘lovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilganligini ma’lum qildi. Boeing xatolik tufayli dushman samolyoti sifatida qabul qilingan, negaki, u muhim harbiy obyekt yaqinidan uchib o‘tayotan bo‘lgan.

Ushbu hodisa Iroqdagi amerika bazalariga berilgan raketa zarbalariga AQShning ehtimoliy javobi bilan bog‘liq bo‘lgan "kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik shart-sharoitlarda" yuz berganligini ta’kidlab o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0