Tojikistonda “tonirovka” narxi keskin ko‘tarildi

CC0 / pixabay / Tonirovannoe steklo avtomobilya
Tonirovannoe steklo avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonda yillik tonirovka uchun litsenziya yangi tariflar tasdiqlandi. O‘tgan yili bu ruxsatnomaning narxi 380 dollar bo‘lgan.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Tojikistonda yillik tonirovka uchun litsenziya narxi 28 foizga ko‘tarildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

“Tonirovka” uchun yangi narxlar - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun yangi narxlar

Yangi tarifga ko‘ra, 2005-yildan so‘ng ishlab chiqarilgan avtomobillar oylarini tonirovkasi uchun haydovchilar 500 dollar to‘lashi kerak. O‘tgan yili bu ruxsatnomaning narxi 380 dollar bo‘lgan.

2005 yilgacha ishlab chiqarilgan mashinalarning oynalarini 390 dollarga (2019 yilda 360 dollar bo‘lgan) "qoraytirish" mumkin.

Tasdiqlangan tarif rejasiga ko‘ra, orqa oyna 40 dollar, eshik oynalari 216 dollarga "tonirovka" uchun ruxsatnoma olish mumkin.

Tojikistonga tonirovka qilingan avtomobilda kirgan haydovchilar 10 kun ichida Davlat avtomobil inspeksiyasidan litsenziya olishlari kerak. Aks holda, tonirovkani olib tashlashi yoki katta miqdordagi jarima to‘lashi kerak.

Bir necha yil avval Tojikiston hukumati avtomobillarni "tonirovka" qilish uchun pullik ruxsatnomalar berishni boshlagandi. Ta’kidlanishicha, litsenziyalarni sotishdan tushgan mablag‘ Rog‘un GESi qurilishiga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0