TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston futbol klublari O‘zbekiston Liga Kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun taklif etildi. Championat.Asia xabariga asosan.
Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.
O‘zbekiston PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, musobaqaga tojik va qirg‘iz klublarining qo‘shilishi har taraflama foydali bo‘lishi mumkin. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro o‘yinlarga sekinlik bilan ko‘nikma hosil qilib boradi.
Qo‘shni respublika jamoalarining qo‘shilishi muxlislar sog‘ingan derbilarni qaytarishi mumkin.
Shuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi mumkin.
Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Afg‘oniston jamoalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.