Xitoy AQShdan 200 milliardlik mahsulot sotib oladi

CC0 / Pixabay / Konteyneri v portu, arxivnoe foto
Konteyneri v portu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy AQShdan katta miqdorda mahsulot xarid qilish majburiyatini oldi - yangi savdo bitimining birinchi qismi oshikor qilindi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. AQSh-Xitoy savdo bitimining birinchi qismi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti South China Morning Post nashriga asosan.

Shartnomada Xitoy tomonidan AQSh sanoat mahsulotlarini 75 milliard dollarga, energiya  tashuvchilarni 50 milliard dollarga, 40 milliard dollarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olinishi va keyingi ikki yil ichida xizmatlarga yana 35-40 milliard sarf qilinishi kerakligi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, tahlilchilar shartnoma uchta sohani qamrab olishini taxmin qilishgan edi.

Birinchi bosqichning imzolanishi shu hafta kutilmoqda. Buning uchun XXR Davlat kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Lyu Xe Vashingtonga tashrif buyurdi.

Avvalroq Donald Tramp, AQSh bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha zudlik bilan Xitoy bilan muzokaralarni boshlashini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0