Eron TIV Britaniya elchisini mamlakat ishlariga aralashishda aybladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishVid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane
Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron Tashqi ishlar vazirligi Britaniya elchisining Tehrondagi norozilik namoyishlarda qatnashishini qoraladi va buni mamlakat ishlariga qo‘pol aralashish deb atadi.

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi Britaniya elchisining Tehrondagi norozilik namoyishlarda qatnashishini qoraladi. Eron buni mamlakatning ichki ishlariga qo‘pol aralashish deb hisoblaydi.

“Buyuk Britaniya elchisining Tehrondagi ichki namoyishlarda qatnashishi Eronning ichki ishlariga qo‘pol aralashish sifatida ko‘riladi va diplomatik munosabatlar tamoyillariga ziddir”, - deyiladi Eron TIV bayonotida.

Eron Buyuk Britaniyani “har qanday aralashishlar va ig‘vogarlik xatti-harakatlar”dan tiyilishga chaqirgan. Vazirlik agar bu kabi harakatlar takrorlansa, TIV elchini faqat idoraga chaqirish bilan cheklanib qolmasligi haqida ogohlantirgan.

Vid na odin iz kvartalov Tegerana - Sputnik O‘zbekiston
Eron Sulaymoniy o‘limi uchun Trampni sudga chaqirishni rejalashtirmoqda

“Buyuk Britaniyaning har qanday xatosi Eron tomonidan keskin va muvofiq javob bilan qabul qilinadi. Britaniya hukumati buning uchun to‘liq javobgar bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Buyuk Britaniya TIV Eron elchisiga Britaniya elchisi Robert Makeyrning Tehronda qo‘lga olishini munosabati bilan keskin norozilik bildirgan edi.

Makeyr 11-yanvar kuni Tehronda universitet oldidagi norozilik namoyishi o‘tkazilayotgan joyda qo‘lga olingan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomat 8-yanvar kuni Eron harbiylari tomonidan xatolik tufayli urib tushirilgan Ukraina yo‘lovchi samolyoti qurbonlarini xotirlash marosimiga kelgan.

Eron TIV Britaniya elchisi noqonuniy namoyishdagi noma’lum xorijlik sifatida qo‘lga olingani va uning maqomi rasman tasdiqlanganda 15 daqiqadan so‘ng ozod qilinganini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0