NKMK 2030-yilga qadar Yaponiyaga 1 mlrd dollarlik uran eksport qiladi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevDobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya
Dobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, “Itochu” kompaniyasi bilan 636,4 mln va “Marubeni” kompaniyasi bilan esa 510,1 mln dollarlik shartnomalar imzolangan.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 2023-2030 yillarda Navoiy-kon metallurgiya kombinati (NKMK) Yaponiya kompaniyalariga umumiy qiymati 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan uran yetkazib beradi. Bu haqda NKMK matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, “Itochu” kompaniyasi bilan 636,4 mln AQSh dollarlik va “Marubeni” kompaniyasi bilan 510,1 mln AQSh dollarlik shartnomalar imzolangan. Hozirda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, uranni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha tarmoq jadvali tuzilgan.

Dobicha uranovix rud v rudnike - Sputnik O‘zbekiston
Fransuz kompaniyasi O‘zbekistonda uran qazib oladi

O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Mazkur tashrif yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Qarorga asosan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini o‘z vaqtida ijro etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Ushbu amaliy harakatlar rejasining bandlaridan biri bu – Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan uzoq muddatli eksport shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha loyihalardir.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati respublikada eksportga mo‘ljallangan tabiiy uranni yagona ishlab chiqaruvchisidir. Kombinat eksportining asosiy qismi (90 foizdan ko‘prog‘i) tabiiy uranning hissasiga to‘g‘ri keladi. Uran Yaponiya, AQSh, Hindiston, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Bugungi kunda kombinat tomonidan qazib olinadigan uranning asosiy xaridorlari bu – Yaponiyaning “Itochu” va “Marubeni” kompaniyalaridir.

Yangiliklar lentasi
0