TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Xalqaro ISESCO tashkiloti tarafidan Buxoroni "Islom olami madaniyati poytaxti" deb tanlanishiga bag‘ishlab Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi maxsus logotip ishlab chiqdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook᾽da ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yaratilgan logotip konsepsiyasiga muvofiq arab tilida Buxoro so‘zi kalligrafiya harflari bilan yozilgan. U Buxoroning qadimiy markazida Minorai kalon, Mirarab madrasasi, qubbali bozor va Labi Hovuz foniga uyg‘un biriktiradi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘hna va boqiy Buxoro shahri 2020-yilda "Islom madaniyati poytaxti" deb e’lon qilingan edi.