Qashqadaryoda 15 yoshli qizni zo‘rlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

CC0 / Pixabay / Beremennaya, arxivnoe foto
Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyachi qizni yaxshi ko‘rishini aytib, uyiga olib borib majburan nomusini toptagan. Qo‘rqib qolgan qiz bu haqda hech kimga churq etmagan. Shifoxonada unga 5 oylik homilasi bo‘lgani va uni tushganini aytishgan.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Qashqadaryoda 15 yoshli qizni zo‘rlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Koson tumani prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda “Bir necha kishi zo‘rlangani gumon qilinayotgan 15 yashar qiz 6 oylik homilasidan ajradi” sarvlaha ostida chop etilgan maqola yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.

Devushka zakrivayet litso rukami - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangan ayol ishiga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

Aniqlanishicha, Koson tumani tug‘ruq kompleksi tomonidan 2020-yil 09-yanvar kuni 00:30 larda voyaga yetmagan S.B.ning 21 haftalik homilasi tushganligi haqida ma’lum qilingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida so‘ralgan S.B o‘z tushuntirishida 2019-yil 09-sentabr kuni “Arabxona” mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda “Behruz” deb tanishtirgan shaxs avtomashinasiga mindirib, uni yaxshi ko‘rishini aytib, shu atrofdagi uyiga olib borib kiyimlarini majburan yechib nomusiga tekkanligini, qo‘rqib qolgani sababli ushbu holat yuzasidan hech kimga murojaat qilmaganligini bildirgan.

Tezkor surishtiruv ishlari davomida “Behruz” deb tanishtirgan shaxs “Arabxona” mahallasida yashovchi S.Q. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari Koson tumani IIB TB tomonidan olib borilmoqda

Yangiliklar lentasi
0