Toshkentda mingga yaqin harbiylarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV chest 28-letiya Voorujonnix sil Uzbekistana 924 voyennoslujashim vruchili klyuchi ot novix kvartir
V chest 28-letiya Voorujonnix sil Uzbekistana 924 voyennoslujashim vruchili klyuchi ot novix kvartir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu uylar O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilgan.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Bayram arafasida poytaxtning Yashnabod tumanidagi “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Ushbu uylar O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilgan.

Bayramona tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 11 ta 7 qavatli 462 xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaToshkentda bayram arafasida mingga yaqin harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi.
Toshkentda mingga yaqin harbiylarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bayram arafasida mingga yaqin harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida bayram shukuhi Sergeli tumani 8 qurilish hududida joylashagan yangi turarjoy majmuasiga ham ko‘chdi.

Bu yerda ham 11 ta 7 qavatli 438 xonadondan iborat ko‘rkam uylarning kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali topshirildi.

“Olmos” MFY hududida Mudofaa vazirligi xarbiy xizmatchilari uchun 2018 jami 900 xonadondan iborat 31ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, ushbu uylarning birinchi qavatidan 4 ta bolalar bog‘chasi va 1 ta oilaviy poliklinika ham o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0