Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

© Sputnik / Stas EtveshPassajiri poyezda Moskva-Dushanbe
Passajiri poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, sal oldin Internet tarmog‘ida xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbekiston mehnat vazirligi Litvada og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Internet tarmog‘ida xususiy bandlik agentligi orqali ishga ketgan bir guruh fuqarolarning Litvada qiyin ahvolda mehnat qilayotgani to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bayonoti e’lon qilingan edi.

Bayonotda fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, qaytish istagidagilarni O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilotgani ma’lum qilingandi.

Bugun 11-yanvar kuni tongda qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ikki nafari – Riga shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib keldi va ular yashash joyiga kuzatib qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0