Eron Ukraina samolyotini bexosdan urib tushirganini tan oldi

© Obshestvo krasnogo polumesatsa IranaKadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane
Kadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va mamlakat TIV rahbari Javad Zarif aviahalokat qurbonlari oilalariga hamdardlik izhor qilib, kechirim so‘radilar

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Tehron yaqinida qulagan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yo‘lovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilgan. Bu haqda Eron qurolli kuchlari bosh shtabi bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Yaqin chet el Telegram-kanali.

Eron va AQSh mojarosi: Yaqin Sharqdagi keskinlik pasayadimi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh-Eron mojarosi: Yaqin Sharqda keskinlik pasayadimi

Bosh shtab xabariga ko‘ra, Boeing xatolik tufayli dushman samolyoti sifatida qabul qilingan, negaki, u muhim harbiy obyekt yaqinidan uchib o‘tayotan bo‘lgan.

Bayonotda ushbu hodisa Iroqdagi amerika bazalariga berilgan raketa zarbalariga AQShning ehtimoliy javobi bilan bog‘liq bo‘lgan "kuchaytirilgan jangovar tayyorgarlik shart-sharoitlarda" yuz berganligini ta’kidlab o‘tilgan.

Eron TIV rahbari Javad Zarif Twitterda ushbu fojia "AQSh avanturizmi tufayli yuzaga kelgan inqiroz davridagi inson xatosi" tufayli yuz berganini qo‘shimcha qilgan.

Keyinchalik afsus so‘zlari Eron prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan ham bildirildi. U urib tushirilgan samolyot uchun kompensatsiyani nazarda tutuvchi choralarni ko‘rish hamda Eronning raketalarga qarshi mudofaa tizimi qusurlarini yo‘qotish ustida qator choralarni ishlab chiqish to‘g‘risida buyruq berdi.

Iransi sjigayut amerikanskiy flag vo vremya demonstratsiy protiv amerikanskix prestupleniy v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Eron mojarosida Putin g‘alaba qozondi – amerika OAVlari

Sal oldin Eron Ukraina laynerini "bexosdan" urib tushirgan bo‘lishi ehtimoli haqida Kanada bosh vaziri Jastin Trudo ham aytgan edi. U bu axborotni kanada razvedkasi, shuningdek, ittifoqdosh razvedkalardan olgan.

Xuddi shunday versiya, ya’ni "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737 layneri zenit raketasi zarbasi natijasida halokatga uchragan bo‘lishi mumkinligi Ukraina Milliy va mudofaa xavfsizligi kengashi tomonidan ham ilgari surilgandi. Shuningdek, versiyalar sifatida samolyotdagi texnik nosozlik va bortdagi terakt ham aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyevga reysni amalga oshirayotgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737-800 layneri chorshanba kuni tong sahar Tehron aeroportidan uchib chiqqach, tez orada halokatga uchragan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagi 176 insonning barchasi halok bo‘lgan. Bortda 167 nafar yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0