Qozog‘istondagi samolyot halokatining ehtimoliy sababi e’lon qilindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishKrushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane
Krushenie passajirskogo samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda 27-dekabr kuni samolyoti halokatga uchragan Bek Air kompaniyasining faoliyati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozog‘iston hukumat komissiyasi dekabr oyining oxirida Olma-ota yaqinida Bek Air aviakompaniyasining Fokker-100 samolyotining qulashining dastlabki sababini e’lon qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Hodisaning asosiy versiyasi bu samolyotning muzlashidir", dedi Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar.

Bundan tashqari, amaldorning ta’kidlashicha, Bek Air kompaniyasining faoliyati noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

Olma-Ota - Nur-Sulton reysini amalga oshirgan ushbu aviakompaniya samolyoti 27-dekabr kuni ertalab qulab tushdi. Uchish paytida u balandlikni yo‘qotdi, ikki marta dumi bilan uchish yo‘lagini tegib, beton to‘siqdan o‘tib, ikki qavatli binoga to‘qnashdi. Samolyotda ekipaj a’zolari bilan qo‘shgan holda hammasi bo‘lib 98 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari vafot etgan.

29-dekabr kuni Olma-ota xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan hodisa xronologiyasi daqiqama-daqiqa e’lon qilindi. Bundan tashqari, 2-yanvar kuni samolyot qulashini tasvirga olgan video ham oshkor qilindi.

Avvalroq Sputnik radiosi Qozog‘iston samolyot halokatida halok bo‘lganlar bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0