Turistik xizmatlar eksporti 26 %ga oshdi

© UzABlagotvoritelniy fond "Vakf" otkril gostinitsu v Termeze
Blagotvoritelniy fond Vakf otkril gostinitsu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tgan yilda mehmonxonalar soni 1188 taga yetgan va ularning band bo‘lish ko‘rsatgichi aksariyat viloyatlarda 50%dan yuqori bo‘lgan.  

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘tgan yilda O‘zbekistonda turistik xizmatlar eksporti 26%ga oshib 1 313 032 AQSh dollariga yetdi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.

“2019 yil oxiriga qadar turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1 313 032 AQSh dollariga yetgan. Bu 2018-yilga (1 041 089$) nisbatan 26,1 %ga o‘sgan”, - deyilgan xabarda. AQSh dollariga yetganligi qayd etilgan.

Shuningdek, sayyohlarning joylashuv nuqtalari soni jami 1188 taga yetgan.  Shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqa obyektlarni tashkil etgan.

Hududlar kesimida olib qaralganda aksariya viloyatlarda mehmonxonalarning band bo‘lish ko‘rsatgichi 50 %dan yuqori bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 62,6 %, Andijon viloyati – 65,0 %, Buxoro viloyati – 96,6 %, Jizzax viloyati – 52,5 %, Qashqadaryo viloyati – 61,0 %, Navoiy viloyati – 74,3 %, Namangan viloyati – 40,6 %, Samarqand viloyati – 82,3 %, Sirdaryo viloyati – 64,4 %, Surxondaryo viloyati – 68,8 %, Toshkent viloyati – 76,1 %, Farg‘ona viloyati – 42,7 %, Xorazm viloyati – 81,5 %, Toshkent shahri – 85,7 %.

Yangiliklar lentasi
0