TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmatiga 150ta Ford rusumli zamonaviy reanimatsiya avtomobillari topshirildi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.
Yangi avtomobillar Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi tomonidan yangi loyiha doirasida taqdim etilgan. Yangi loyiha tez yordam xizmati sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutgan.
Avtomobillar salonlarida zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, tibbiy xodimlar kerak bo‘lganda Respublika favqulodda yordam markazlari bilan maslahat uchun videoaloqa uslubida bog‘lanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston tarixida birinchi marta 1500 ta tez tibbiy yordam xizmati uchun yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilindi. Bugungi kunda tizimda 2500ga yaqin zamonaviy tez yordam mashinalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.