Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShni IShID terrorchilari bilan taqqosladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGlava MID Irana M.Zarif
Glava MID Irana M.Zarif - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh o‘zlarini IShID* terrorchilari kabi tutib, Eronning madaniy yodgorliklarini yo‘q qilish bilan tahdid qilganini aytdi, deya xabar beradi RIA Novosti IRNA agentligiga tayanib.

Zarifning Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida o‘qib eshittirilgan bayonotida tegishli izoh berildi. Amerika vizasi yo‘qligi sababli Zarifning o‘zi uchrashuvga kela olmadi.

Eron va AQSh mojarosi: Yaqin Sharqdagi keskinlik pasayadimi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh-Eron mojarosi: Yaqin Sharqda keskinlik pasayadimi

3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Iroq poytaxtidagi xalqaro aeroport yaqinida Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy va Iroq shialari ko‘ngillilari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisga qarshi operatsiya o‘tkazdi. Vashingtonda ular 2019-yil dekabr oyida Amerika elchixonasiga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblanishadi. Iroq Tashqi ishlar vazirligi Sulaymoniyga qarshi amaliyotni mamlakat suverenitetini buzish deb atadi.

Eronning oliy rahbari Ali Xamonoiy Sulaymoniyning o‘limi javobsiz qolmasligini ogohlantirdi. 8-yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning G‘arbiy Iroqdagi Ayn-Assad va Erbilda joylashgan bazalariga “Yer-Yer” tasnifidagi raketalarni uchirdi.

Donald Tramp, o‘z navbatida, amerikaliklarga hujum qilingan taqdirda, Eronning 52 nishoniga "tez va kuchli zarba" yetkazishga va’da berdi, shuningdek Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.

Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi (IISK) Generali Abdulloh Aragining so‘zlariga ko‘ra, Eron yaqin kelajakda Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun AQShdan "yanada og‘irroq qasos olish" niyatida.

Xalqaro hamjamiyat Vashington va Tehronni vazminlikka chaqirdi.

Oldinroq Sputnik radiosi Tramp Eronda Boing avariyasi haqida tarqatilgan versiyaga shubha qilganini xabar qilgan edi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0