AQShda Sulaymoniy hujumlari haqida aniq ma’lumot bo‘lmagan - Pompeo

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFAProtestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda
Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQShga hujum qilish bo‘yicha "rejalari" to‘g‘risida aniq ma’lumot bo‘lmaganligini tan oldi.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika maxsus xizmatlarida Eron generali Qosim Sulaymoniyning AQShga hujum qilish bo‘yicha "rejalari" to‘g‘risida aniq ma’lumot bo‘lmaganligini tan oldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Iransi sjigayut amerikanskiy flag vo vremya demonstratsiy protiv amerikanskix prestupleniy v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Eron mojarosida Putin g‘alaba qozondi – amerika OAVlari

“Hech qanday shubha yo‘qki, qator hujumlar bo‘lgan. <...>  Biz qachon, qayerda bo‘lishini aniq bilmaymiz. Ammo bu haqiqatda bo‘lgan”, - deb ta’kidladi Pompeo Fox News’ga bergan intervyuda.

 AQSh harbiylari 3-yanvarda Eron generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Sulaymoniy elchixonalardan birida portlash sodir etishni rejalashtirganligini aytdi. Biroq aniq dalillarni keltirmadi.

Eron Eroqdagi AQSh harbiy bazalariga raketa zarbasini berdi.

Shundan so‘ng, Tramp Vashington o‘z harbiy qudratini namoyish qilishni istamayotgani, buning o‘rniga Tehronni yangi sanksiyalar kutayotganini ma’lum qildi.

Sulaymoniyning o‘ldirilishidan keyin Kongressdagi demokratlar va ba’zi respublikachilar Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatidan bu harakat sabablarini tushuntirishni talab qilishdi. Ular uchun maxsus yopiq brifing o‘tkazildi, ammo bu qonun chiqaruvchilarning savollariga javob bermadi.

Payshanba kuni demokratlar ko‘pchilikni tashkil etadigan AQSh Vakillar palatasi Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlar qilish huquqini cheklovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Oq uyda bu hujjatni tanqidga uchradi, u qonun kuchiga ega emas va majburiy emasligini aytildi.

Yangiliklar lentasi
0