O‘zbekistonda 1-martdan tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho beriladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 1-martdan tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda tegishli Hukumat qarori 8-yanvar kuni qabul qilindi.

2020 yil 1-martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: “Yagona yo‘limiz – tadbirkorlar sonini ko‘paytirish”

Ushbu tizimni ishlab chiqish, unga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan shartnoma tuziladi.

Qaror bilan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, baholash yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi.

Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0