Jizzaxda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida oila a’zolarida biologik o‘lim aniqlangan

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Is gazi bir oilaning besh a’zosini olib ketdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

"Bugun soat 14:04 atrofida G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga tumandagi Ko‘kgumbaz MFY qarashli Qorong‘ul qishlog‘ida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan D.Sh. xonadoniga chaqiriq qayd etilgan", - deyiladi xabarda.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borganida oila a’zolari, xonadon sohibi va uning turmush o‘rtog‘i, 6 yoshli o‘g‘li A.Y. hamda 3 yoshli qizi O. Y.da biologik o‘lim aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0