TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Aviasales.uz turistik qidiruv tahlilchilari o‘zbekistonliklarning yangi yil bayramlaridagi eng qimmat chiptalari reytingini tuzishdi.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, mamlakatning aksariyat aholisi samolyotga so‘nggi lahzada, parvozga maksimum bir hafta qolgan vaqtda chipta xarid qilishgan.
Bu yilgi ta’tilda ikki yo‘lovchining 24 million so‘mga Toshkentdan Singapurga xarid qilgan chiptasi eng qimmat chipta bo‘lgan.
Qimmatligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Toshkentdan Los-Anjelesga parvoz qayd etilgan. Bir tomonga sotib olingan chiptaning narxi 23 million so‘mni tashkil etgan.
Poytaxtdan Bangkokka yo‘l olgan sayyoh sayohat uchun 22,5 million so‘m sarflagan.
Yangi yil ta’tilini Dubay o‘tkazish uchun sayyohlar 17,5 millionning bahridan kechishgan. Toshkentdan Pxuketga safar qilish 500 ming so‘m arzonroq tushgan.
Anqaraga yo‘l olgan yo‘lovchilar esa 15,5 millionni ko‘zlarini chirt yumib berib yuborishgan.
Sayyohlar 15 va 14 million so‘m to‘lab, Yangi yilni nishonlash uchun Tbilisiga yo‘l olishgan. Eng qimmat chiptalar reytingiga 12,6 million so‘m sarflangan Toshkentdan Yekaterinburgga qatnov yakun yasagan