TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova bergan intervyuda uyatsiz serialda suratga tushishi uchun unga qancha mablag‘ taklif etilganini ochiqladi. Zamin xabariga asosan.
“2008 yilda menga Gollivuddan taklif bo‘lgan. Bu Sony Entertaiment Production va ‘TNT’ telekanalining qo‘shma loyihasi edi. Qo‘limga qiymati 700 ming dollar bo‘lgan ikki yillik shartnoma kelib tushgan. Bu taklifdan judayam xursand bo‘lganman. Lekin keyin bilsam serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalari boshlanar ekan. Men bunday sahnalarni o‘ynamayman, degandim”, - deydi aktrisa.
Uning so‘zlariga ko‘ra, serial 350 qismdan iborat bo‘lib, unga dublor taklif etishdi. Lekin u rozi bo‘lmadi.
Aktrisa hech qanday pul evaziga uyatsiz filmlarda rol o‘ynamasligini ta’kidlab o‘tdi.