TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan Rossiyaga ho‘l meva-savzavotlar olib kirishda stavka bo‘yicha qo‘shimcha qiymati solig‘i (QQS) 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi. Mazkur yangilik Rossiya Hukumatining 2019-yil 31-dekabrdagi 1952-son qarorida belgilangan.
Ta’kidlanishicha, hujjat bilan Rossiya hududiga olib kirilganda imtiyozli QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi.
O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxo‘ri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20 foizli QQS o‘rniga 10 foizli stavka joriy etiladi.
Shuningdek, o‘zgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya bo‘yicha 20 foizli QQS saqlanib qolindi.
Yashil yo‘lak, yoxud Rossiyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday ko‘paytirish mumkin
TIV Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratishini ta’kidlagan.