TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida ayol kishi mandarin ichidan tabletkalarni topib oldi. Huquq tartibot organ xodimlari ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshladi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Viloyat politsiya departamenti ma’lum qilishicha, 8-yanvar kuni Tayinshin tumani politsiya bo‘limining navbatchilik qismiga Qoragash qishlog‘i felsheridan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu haqda tarmoqda video tarqaldi.
“Qishloqda istiqomat qiluvchi ayol mandarin ichidan tabletkaga o‘xshash bo‘lgan oq rangdagi noma’lum narsani topdi. Ushbu holat Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 306-moddasi 1-bandiga binoan sudgacha tergovlar yagona reyestriga kiritildi”, - deb ta’kidlandi politsiyada.
Ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlandi. Tekshiruvga vakolatli idora mutaxassislari jalb qilindi, tegishli ekspertizalar tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Telegram va WhatsApp'dagi turli guruhlarda mandarin ichidan tabletka chiqishi aks etgan virus-videosi keng tarqalgandi.
Birozdan so‘ng, foydalanuvchi “fosh qiluvchi” videoni tasvirga oldi. U tabletkani mandarin ichiga qanday kiritish mumkinligini namoyish qilgandi.