TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Henley & Partners kompaniyasi mutaxassislari dunyo mamlakatlari pasportlari - Henley Passport Index yillik reytingini tuzdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mamlakatga umuman vizasiz yoki to‘g‘ri kirish joyida viza olish huquqiga ega bo‘lgan pasportlarni - "kuchli" pasportlar deb atashadi. Ro‘yxatda 199 ta davlat qayd etilgan.
O‘zbekiston yangi reytingda 85-chi o‘rinda ko‘rsatilgan. O‘zbekiston fuqarolari oldindan viza olmasdan 57 ta davlatlarga kirishi mumkin.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rta pozitsiyalarni egalashdi. Qozog‘iston 67-chi o‘rinda (vizasiz 76 ta davlatga kirishi mumkin), Qirg‘iziston 80-chi o‘rinda (63 ta davlat), Tojikiston 84-chi o‘rinda (58 ta davlat), Turkmaniston 90-chi o‘rinda (52 ta davlat).
Yaponiya fuqarolari dunyoda eng “kuchli” pasport egalari deb topildi. Yaponiyaliklar vizasiz 191 ta davlat va hududlarga kirishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda – Singapur. Uchinchi – Germaniya va Janubiy Koreya (189 ta davlat va hudud).
Ular ortidan Finlyandiya va Italiya (188 ta davlat), Daniya, Lyuksemburg va Ispaniya (187 ta davlat).
Umumiy ro‘yxatda so‘nggi yil davomida AQSh va Buyuk Britaniya pasporti sezilarli darajada tushib ketdi – oltinchidan sakkizinchi o‘rin: hozirgi kunda AQSh va Britaniya pasporti bilan vizasiz 184 ta davlatga tashrif buyurish mumkin.
Afg‘oniston esa ro‘yxatda oxirgi o‘rinda egalladi – afg‘onistonliklar faqat 26 ta davlat va hududga vizasiz kelishi mumkin.