TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Bir necha yil oldin Rossiyaga ishlash uchun asosan balog‘at yoshiga yetgan erkaklar yolg‘iz kelishgan bo‘lsa, bugungi kunda mehnat migrantlari orasida ayollar soni ham oshmoqda, deb hisoblaydi Rossiya Fanlar akademiyasining Xalq xo‘jaligi prognozi instituti takchi mutaxassisi Dmitriy Poletayev.
“90-yillar boshida mehnat migrantlari – asosan erkaklar bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ular bilan sekin-asta turmush o‘rtoqlari ham kela boshlagan. Bugun esa kelayotgan ayollar orasida yolg‘iz ayollar ham ko‘p”, - deb hisoblaydi Poletayev.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, migrantlar orasida ayollar soni ko‘payishi – bu umumjahon trendi. Ayollar soni oshishi – migrantlar bolalarining ham soni oshishini bildiradi, deydi ekspert.
Shuningdek, turli yoshdagi migrantlar ham kela boshladi. Oldinlari asosan o‘rta yoshli biror mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar kelgan bo‘lsa, hozir hech qanday ish tajribasiga ega bo‘lmagan yosh fuqarolar ham kelmoqda.
Shunindek migrantlar orasida qishloqdan k yelgan kishilar soni ham oshmoqda. Demak kelayotgan kishilarning aksariyati oliy ma’lumotga ega emas, rus tilini bilish darajasi ham ancha past. Oxirgi vaqtlarda migratsiya sohasida ana shunday trendlar kuzatilmoqda.