Amudaryodagi xonadonlarning birida butun boshli oilaning jasadi topildi

© news.bigmirSamoubiystvo
Samoubiystvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tumanning Qipchoq mahallasida 27 yoshli fuqaroning xonadoni yotoqxonasidan uning turmush o‘rtog‘i hamda ikki yasharlik qizining jasadlari topilgan. Uy egasining jasadi esa omborxonada osig‘liq holda topilgan.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Amudaryo  tumanida ona va bolaning o‘ldirilishi va xonadon egasining joniga qasd qilishiga qo‘l urishi yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro shahrida ro‘y bergan yong‘inda 5 yoshli qizchaning jasadi topildi

xabarda yozilishicha, tumanning Qipchoq mahallasida istiqomat qiluvchi 27 yoshli S.D.ning xonadoni yotoqxonasidan uning turmush o‘rtog‘i F.Sh. hamda ikki yasharlik qizi A.S.ning jasadlari topilgan.

S.D.ning yuzi, jag‘ va bo‘yin sohasida turli tan jarohatlari bo‘lgan holda topilgan. Voyaga yetmagan qizi A.S.da ham bo‘g‘ishga xos qotillik alomatlari bo‘lgan.

Xonadon omborxonasidan esa uy egasi bo‘lgan S.D.ning o‘z joniga qasd qilib, o‘zini o‘zi osib vafot etgan holdagi jasadi topilgan.

Holat yuzasidan  JKning 97-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0