AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Eron bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Jeneva
Goroda mira. Jeneva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning BMTdagi doimiy vakili eron generali Kasem Sulaymoniyning o‘ldirilishi, davlatga o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini beruvchi BMT Nizomi 51 moddasi bilan "o‘zini oqlashini" aytgan.

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelli Kraft Xavfsizlik Kengashiga xat yo‘lladi, maktubda Vashingtonning mintaqada ziddiyatni pasaytirish uchun Eron bilan dastlabki shartlarsiz muzokara o‘tkazishga tayyorligi ma’lum qilingan. Bu haqda hujjatga tayangan holda Reyter xabar bergan.

Verxovniy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik O‘zbekiston
Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

Kraft so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar "xalqaro tinchlik va barqarorlikka eron rejimi tomonidan tahdid va eskalatsiyaga yo‘l qo‘yilmasligiga" intilmoqda.

Bundan tashqari, AQShning BMTdagi doimiy vakili eron generali Kasem Sulaymoniyning o‘ldirilishi, davlatga o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini beruvchi BMT Nizomi 51 moddasi bilan "o‘zini oqlashini" aytgan.

Ayol shuningdek, AQShning 2019-yilning 29-dekabrida "al-Xashd ash-Shaabi" shiya ko‘ngilli qo‘shinlariga bergan aviazarbasi Eron va u tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan turli guruhlarning amerika kuchlari va Yaqin Sharqdagi manfaatlariga tomon uyushtirgan bir qator xujumlariga javoban amalga oshirilganini qayd etib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Vashington Sulaymoniyni o‘ldirish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirdi, Eron bunga javoban Iroqdagi amerika qo‘shinlari joylashgan aviabazalarga raketalar yordamida zarba berdi. AQSh harbiy qo‘shinlari bu xujumda zararlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0