TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi.
O‘z telegrammasida O‘zbekiston prezidenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgan.
Bugun tongda Tehron yaqinida Ukraina xalqaro aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortida bo‘lgan 179 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi qurbon bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, samolyot dvigatelining yonib ketishi aviahalokatga sabab bo‘lgan.