O‘zbekiston Yaponiyaga 1 milliard dollarlik uran yetkazib beradi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevDobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya
Dobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Yaponiya orasida imzolangan shartnomalarga ko‘ra, 2023 - 2030-yillarda O‘zbekiston Yaponiyaga qiymati $ 1 mlrd. bo‘lgan uran yetkazib beradi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga bo‘lgan tashrifi davomida O‘zbekiston uran eksporti haqida yirik shartnomalar imzoladi, deb xabar qilmoqda Spot.uz.

Xususan, Yaponiyaning Itochu va Marubeni korporatsiyalari bilan qiymati 510 mln va 636 mln dollar bo‘lgan shartnomalar imzolangan. Shartnomalar ijrochisi sifatida O‘zbekiston tomonidan Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati ko‘rsatilgan.

Yaponiya korporatsiyalariga uran xom ashyosini 2023 – 2030-yillarda yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston dunyoda uran konlariga boy bo‘lgan davlatlar o‘ntaligiga kiradi. O‘zbekiston uranining (U3O8) narxi 2018-yilda bir funtiga 37,7 dollarni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0