O‘zbek-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan mojaro tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishgranitsa
granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasining belgilanmagan qismida sodir bo‘lgan mojaroda chegarachilar bir necha bor havoga o‘q uzishga majbur bo‘lishdi, hech kim zarar ko‘rmadi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegarasi ning belgilanmagan qismida Qirg‘iziston fuqarolari va O‘zbekiston chegarachilari orasida mojaro sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston   QR Davlat chegara xizmati xabariga asosan.

“Qirg‘iziston fuqarolari yo‘qolgan mollarini qidirib,  bilmagan holda, chegaraning bahsli qismini kesib o‘tishgan. U yerda ular O‘zbekiston chegarachilarini uchratib qolishgan. Dastlab og‘izaki kelishmovchilik keyinchalik mushtlashuvga aylangan.

To‘qnashuvni bas qilish uchun o‘zbekistonlik harbiylar osmonga qarata bir necha bor o‘q uzishgan. Zara ko‘rganlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Ushbu voqeadan so‘ng Qirg‘izistonning Ala-Buka tumani chegara otradi ham O‘zbekistonning Pungan yo‘nalishi chegarachilari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda kelajakda ana shunday to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida mahalliy aholi orasida tushuntiriuv ishlari olib borish masalalari muhokama qilingan. Ayni damda chegarada vaziyat barqaror.

Yangiliklar lentasi
0