https://oz.sputniknews.uz/20200106/MSK-raisi-saylov-komissiyalari-azolariga-ish-ai-aligacha-berilmagani-aida-gapirdi-13169685.html
MSK raisi saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi haligacha berilmagani haqida gapirdi
MSK raisi saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi haligacha berilmagani haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
"Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obro‘sini tushirishga harakat, deb o‘ylayman", - Abdusalomov. 06.01.2020, Sputnik O‘zbekiston
2020-01-06T18:44+0500
2020-01-06T18:44+0500
2020-01-06T18:59+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1316/85/13168560_0:0:1280:723_1920x0_80_0_0_c9dffdbefa563540429ad6d583e54d0e.jpg
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2020
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1316/85/13168560_0:0:1280:805_1920x0_80_0_0_5b8fce5d4c64374339ee585e2dd2fdc8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda parlament saylovlari – 2019
o‘zbekistonda parlament saylovlari – 2019
MSK raisi saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi haligacha berilmagani haqida gapirdi
18:44 06.01.2020 (yangilandi: 18:59 06.01.2020) "Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obro‘sini tushirishga harakat, deb o‘ylayman", - Abdusalomov.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Bugun, 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov viloyat saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari haligacha berilmagani haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov komissiyalari a’zolariga oyliklar hali-ham to‘lanmagani to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga ma’lumotlar kelib tushmoqda.
"Bu masalani hal qilgan edik. Saylovga 10 kun qolganida barcha hududlarga yetarli miqdorda mablag‘larni ajratgan edik. Qanday qilib shu kungacha oyliklarini olmasliklari mumkin. Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obro‘sini tushirishga harakat, deb o‘ylayman. Barcha viloyat mutasaddilari bu masalani oxiriga yetkazishi lozim" - dedi MSK raisi.
Abdusalomov viloyat saylov komissiyalari raislari bu masalani zudlik bilan hal qilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.