Koshkin: Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashishda davom etmoqda - birlashish zarur

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri, Harbiy siyosatshunoslar uyushmasi eksperti Andrey Koshkin afg‘on jangarilariga qarshi kurashayotgan kuchlar duch keladigan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Siyosatshunosning fikriga ko‘ra, ushbu mamlakatda mojaroning tez orada hal qilinishiga umid qilish uchun asos yo‘q. Koshkin vaziyat hozircha tobora yomonlashayotganiga amin.

Vaziyatning keskinlashishi va terroristik guruhlarning kuchayishi sharoitida yaqin davlatlar ushbu muammoni birgalikda hal qilishlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfga qarshi kurashishlari kerak.

"Bu doimiy, mashaqqatli ish. Bu qurolli kuchlarni mustahkamlash, qo‘shma mashqlardagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish. ODKB, ShHTning ko‘lami va formati bo‘yicha ish olib borish. Bularning barchasi birgalikda jangovar tayyorgarlikni va Afg‘oniston tahdidiga qarshi turish qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi", - dedi mutaxassis.

Harbiy siyosatshunosning batafsil izohini Sputnik O‘zbekiston podkastida tinglashingiz mumkin.

Protivodeystvovat ugroze Afganistana mojno lish sovmestno - voyenniy politolog
Yangiliklar lentasi
0