TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. Sardor Tojiyev “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U kompaniya boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Sardor Tojiyev bundan avval “O‘zavtosanoat” Strategik rejalashtirish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2004-yilda “O‘zavtosanoat” Assosatsiyasi ishlab chiqarish boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida aksiyadorlik kompaniyaga aylantirildi. Hozirgi kunda u o‘nlab katta va o‘rta korxonalar bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Italiya, Germaniya, AQSh kabi xorijiy mamlakatlar kapitali bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalarni birlashtiradi.