Hodisalar

Namanganda bemorning tajovuzkor togʻasi shifokorni koʻrish qobiliyatidan mahrum etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shifokor orqaga qaytayotgan paytda B. T. eshikni buzib ichkariga kiradi va navbatchi jarrohga qoʻqqisdan oʻng koʻzi sohasiga kuchli zarba bergan.

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Namangan viloyatida bemor qarindoshining tajovuzi oqibatida shifokor koʻrish qobiliyatini toʻliq yoʻqotdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, Uchqoʻrgʻon tuman shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi jarrohi O. Q.ga bemorning togʻasi tajovuz qilib, tiklanib boʻlmas jarohat yetkazgan.

Mujchina pokazыvayet razbitыy kulak, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bemorning yaqinlari oʻlasi qilib kaltaklagan ikki shifokor ogʻir ahvolda shifoxonaga tushdi

Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, 2020 yil 2 yanvar kuni Uchqoʻrgʻon tuman shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi bolalar boʻlimiga ambulator murojaat qilgan bemorga zudlik bilan vaqtida yordam koʻrsatilgan. Bemor bolani togʻasi 30 yoshli B. T. muolaja xonasi oldida janjal koʻtarib turgan paytda tuman shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi bolalar boʻlimi navbatchi jarrohi O. Q. borgan. Shundan soʻng shifokor B.T.ni tinchlantirishga harakat qilib, zina oldidagi eshikka olib borgan va tashqariga chiqarib, eshikni yopadi. Shifokor orqaga qaytayotgan paytda B. T. Eshikni buzib ichkariga kiradi va navbatchi jarrohga qoʻqqisdan oʻng koʻzi sohasiga kuchli zarba bergan. Soʻngra voqea joyidan gʻoyib boʻladi.

Shifokorga yopiq kalla bosh miya jarohati, oʻng koʻz olmasining travmatik katta yorilishi, koʻz gavharini chiqishi dastlabki tashxisi qoʻyilgan.

“Ayni paytda tajribali shifokorlar tomonidan bemorga malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Biroq jabrlanuvchi shifokorning koʻzi qayta tiklanmaydigan darajada koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda Oʻzbekistonda ayni damda shifokorlarni tahqirlash, ularga tajovuz qilish uchun qonuniy jazo chorasi kuchaytirish maqsadida qonun loyhasi ishlab chiqilgani qoʻshimcha qilingan. Vazirlik ushbu qonun loyihasini qabul qilinishi uchun qatʼiy harakat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0