Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muxtorovaning o‘g‘li bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga oldi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBBga uch nafar ayollar o‘smirga tan shikastlari yetkazilgan fakti bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilishni talab qilgan.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev tomonidan nazoratga olindi.

“Ma’lum qilamizki, ushbu fakt O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor R. Djurayev tomonidan nazoratga olindi, hozirgi vaqtda Yunusobod tumani IIO FMB tergov oldi surishtiruvi o‘tkazmoqda”, - deyiladi Toshkent shahar IIBB rasmiy xabarida.

Xabarda yozilishicha,  3-yanvar kuni soat 19.15 dan 20.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar IIBBga uch nafar ayollardan biri o‘zini Saodat Abduzakirova deb tanishtirib, o‘smirga tan shikastlari yetkazilgan fakti bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilishni talab qilgan.  

kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura akasi qiynoqlarga solgan o‘smir yuzasidan ma’lumot berdi

S. Abduzakirova bilan Toshkent shahar IIBB qoshidagi Tergov boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik V. Talibjanov va Tashkiliy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh. Alimovlar suhbatlashgan.  Ular mazkur holat bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi oli borilayotganligini ma’lum qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda taxminan 13 yoshdagi bolaning Yunusobod tumanida akasi tomonidan qiynoqlarga solinib, kaltaklab kelingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik u taniqli aktrisa Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li ekani aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0